Sayyid Jahongirxon
Shajara uch tilda, ya’ni turkiy, forsiy va qisman arab tilida bayon qilingan. Ushbu shajara hijriy 1332, milodiy 1914 yilda yozilgan bo’lib, turli mas’ul vakillar va shaxslar tarafidan tasdiqlanib muhrlangan.
Shajara aslida Sayyid Jahongirxonning bobolari Sayyid Abdurahimxonga hijriy 1191, milodiy 1777 yilda berilgan bo’lib, mazkur shajara esa uning takroriy nusxasidir. Hijriy 1250, milodiy 1834 yilda esa Sayyid Haydarxonga (Jahongirxonning otalari) irshod berilganligi haqida yana bir marotaba ulamolar tarafidan tasdiqlangan. Lavhadagi shajara qo’lyozmaning aslidan ko’chirilgan nusxasi bo’lib muxtasar tarzida keltirilgan. Shajaraning asli jamiyat xazinasida saqlanadi
11-shajara-شجرة

shajara.info


Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi


Post navigation