Ushbu nasabnoma mashhur tasavvuf shayxlaridan bo’lmish, Xo’ja Ahmad Yassaviy ajdodlari va avlodlariga tegishli bo’lib, uni “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” mutaxassislari hozirgi o’zbek alifbosiga o’girdilar. Shajara eski o’zbek tili va alifbosida yozilgan bo’lib, olti dona muhrga ega. Muhrlarning biri shayx Boqi Otaga tegishli ekanligi aniqlandi. Ahmad Yassaviyning ajdodlari Hazrat Alining Fotima onamizdan boshqa ayollaridan dunyoga kelgan Muhammad Hanafiy ismli o’g’illaridan kelgani tarixiy manbalarda mavjud.

 

18-shajara-شجرة

shajara.info


Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi


Post navigation