Tasavvuf Ahli Sahifasi

Hurmatli sahifamiz mehmonlari! Anchadan buyon Jamiyatimiz xodimlari juda chuqur mavzuga ega bahs hisoblangan, shuning bilan birga shajarashunoslik sohasiga ham bevosita aloqador bo’lgan, tasavvuf va tariqat haqida sahifa tashkil qilish haqida mulohaza qilar edi. Darvoqe, internet sahifamiz o’quvchilaridan ham shu mavzuga doir maqolalar yoritilib borlishi haqida takliflar olib turar edik.

 Allohning izni bilan endi mazkur tasavvuf va tariqat bobida so’z yuritishning vaqti keldi deb o’ylaymiz. Bu borada bizga tasavvuf va tariqat bilimga ega bo’lgan ustozlarimiz, maslakdoshlarimiz va jamiyatimiz bilan doimiy aloqada bo’lib kelgan xorijdagi vakillarimiz, qolaversa sahifamizning kuzatib boruvchi barcha o’quvchilarimizdan yordam olamiz.

Sahifaning matn tili o’zbek, turk, arab, fors, ingliz va boshqa tillarda hozirlanishi ko’zda tutilmoqda. Unda asosan tasavvuf va tariqat ahlining murshidi komillari va ularning hayoti, tarixi hamda faoliyatlari haqida yoritib boriladi. Sahifaning nomi esa “Tasavvuf Ahli” deb nomlanishi ma’qul ko’rildi. Siz azizlardan yangi tashkil qilingan sahifa haqida barcha taklif va mulohazalarni mamnuniyat bilan kutib qolamiz.

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyati

O’zbekiston-Samarqand. Registon maydoni.

 

 

About Sardorxon Jahongir
Shajaralarni taqdqiq qilish va tasdiqlash markazi