Jamiyat xazinasi boyimoqda

Jamiyat xazinasi boyimoqda

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Xalqaro Nodavlat Tashkiloti boshqa davlatlardagi hamkorlari bilan internet orqali yaqin aloqalarini o’rnatmoqda. Hamkorlar jamiyatlararo ilmiy izlanishlar, taqdqiqotlar natijasi bilan fikr almashmoqdalar. Kuni kecha hamkorlarimizdan xususan Pokiston Islom respublikasining ko’zga ko’ringan Sayyidlar va Eshonlar tashkiloti rahbariyati jamiyatimizga ko’plab tarixiy kitoblarni taqdim qildi. Mazkur kitoblarning barchasi nasab va shajara ilmiga doir bo’lib, kelajakda undan juda ko’p ma’naviy ozuqa olish ilinjidamiz. Bizga bu noyob qo’lyozmalarni yuborgan barcha hamkorlarimizga, xususan shajaralar bo’yicha yetuk mutaxassis Sayyid Asad Naqviy Buxoriyga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Kitoblarning nomlari quyidagilardan iborat: “Shajaratul Ashraf-Shariflar shajarasi” “Riyozul Ansob-Nasablar bo’stoni” “Manbaul Ansob-Sulolalar manbai” “Xazinatul Ansob-Nasablar xazinasi” “Nasabul Quraysh-Quraysh nasabi” “Shajaratul Husayniyya-Husayniylar shajarasi” “Shajaratul Muboraka-Muborak shajara” “Lubabul Ansob-Nasablar mohiyati” “Sirru Silsilati Alaviyya- Ali nasabining sirlari” “Abnaul Imam Hasan va Husayin-Imom Hasan va Husayinning farzandlari” “Ansobut Tolibin-Tolibiylar nasabi” “Sirojul Ansob-Nasablar yog’dusi” “Bahrul Ansob-Sulolalar ummoni” “Tuxfatut Tolib” va yana o’ndan ortiq kitoblar to’plamidan iborat.

Ushbu qo’lyozmalar bilan yaqindan tanishmoqchi hamda jamiyatimiz bilan hamkorlik qilmoqchi bo’lganlar mazkur kitoblarni pdf formatida yuklab olishlari mumkin. Kitoblar web sahifamizning “xizmatlarimiz” bo’limida joylashgan.

Xizmatlarimiz

 

About Sardorxon Jahongir
Shajaralarni taqdqiq qilish va tasdiqlash markazi