Biz haqimizda

Shajaralarni tadqiqot qilish va tasdiqlash markazi

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida 2005 yil, islomshunos olim Muhammadxon Jahongirov Sirojiddinxon o’g’li hamda tilshunos Sardorxon Jahongirov Abulqosimxon o’g’li tomonidan g’oyalashtirilgan. Shu kungacha mazkur mutaxassislar shajaralar borasida bir qancha izlanishlar olib borganlar. Izlanishlarning boshlang’ichi o’laroq ular o’zlarida saqlanib kelgan shajaralarni tadqiq qilish bilan boshlaganlar. Hozirda esa mazkur shajaralar tadqiqoti o’z ishini yakunlagan.

Jamiyat ta’sischilarining  asosiy g’oyalari esa, yurtdoshlarimizda saqlanayotgan qadimgi qo’lyozmalar, shajaralar va hujjatlarni manba sifatida o’rganish, hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilish, aholiga shajaralarni tiklash va yangi shajaralarni tuzishda amaliy yordam berish, manbalardagi shaxslar hayoti haqida batafsil o’rganib chiqib, ma’lumot berish, ulardagi muhrlar va abjad hisobidagi sanalarni o’rganib tadqiq qilish, ajdodlar shajarasini o’rganish, jumladan uning kimlarga borib taqalishini aniqlash, uning davomchilarini izlash, tahlil va tahrir ishlarini olib borishdan iborat.

Mazkur jamiyat shajaralarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan xorijdagi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatgan. Jumladan uning asosiy markazi hozirda Turkiya Respublikasida “Türkistan Seyyidler ve Şerifler derneği” ya’ni “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati nomi bilan rasmiy ro’yxatdan o’tgan. Mazkur jamiyat o’zining nizomi, muhri, ramzlari va rasmiy websayti hamda shajarlarni tasdiqlanganlik haqida beriladigan sertifikatlariga ega.

Jamiyatni tashkilot muassislaridan biri hisoblangan islomshunos, filolog  Sardorxon Jahongirov boshqaradi. Turkiya respublikasi tomonidan vakillik qiluvchi rahbari esa Ibrahim Hatipog’lu.

1

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyatining sertifikati

Jamiyatning muhri va ramzi 

ramz va muhr

 

 plakat