Ma’lumki, dunyoga mashhur Naqshbandiya tariqatiga Buxoro yaqinidan yetishib chiqqan ulug‘ zot Bahouddin Naqshband (1318 – 1389) taraflaridan asos solingan. Mazkur tariqat hozirda dunyoning ko‘plab davlatlariga tarqalgan. Naqshbandiy hazratlarining aksariyat manbalarda nasllari quyidagicha beriladi:

Hazrati Ali (r.a.) ibn, Imom Husayn (r.a.) ibn, Imom Zaynulobidin (r.a.) ibn, Imom Muhammad Boqir (r.a.) ibn, Imom Ja’fari Sodiq (r.a.) ibn, Imom Muso Kozim (r.a.) ibn, Imom Ali Muso ar Rizo (r.a.) ibn, Imom Muhammad Taqiy (r.a.) ibn, Imom Ali Naqiy (r.a.) ibn, Imom Xasan Askariy (r.a.) ibn, Sayyid Ali Akbar ibn, Sayyid Mahmud ibn, Sayyid Taqiy So‘fi Muhammad Xilvatiy ibn, Sayyid Buloqiy ibn, Sayyid Sha’bon ibn, Sayyid Qosim ibn, Sayyid Zaynulobidin ibn, Sayyid Mir Abdulloh ibn, Sayyid Mir Burhoniddin ibn, Sayyid Jaloliddin Buxoriy ibn, Sayyid Muhammad Buxoriy ibn, Xoja Bahouddin Naqshband.

Hazrat Xoja Bahouddin ona tomonidan siddiqiydurlar, ya’ni nasablari Hazrat Abu Bakr Siddiq r.a.ga borib taqaladi.

Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband (quddisa sirruhu)ning asli ismlari Sayyid Muhammad ibn Muhammad ibn Jaloliddin Buxoriy bo‘lib, Xojai Buzrug (Ulug‘ Xoja), Shohi Naqshband, Bahouddin nomlari bilan ham jahonga mashhur.

Hazrat Xoja Bahouddinning kasblari matoga naqsh solmoq bo‘lgan, shuning uchun u zoti sharifning ismlariga Naqshband taxallusini qo‘shilgan. Otalarining ismi – Sayyid Muhammad Buxoriy, onalarining ismi – Orifabibi bo‘lgan.

Shajaralar tadqiqoti yo‘lidagi izlanishlarimizda quyidagi mulohazaga to‘xtalishni joiz deb bildik. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek Naqshbandiy hazratlarining ajdodlari sirasidan bo‘lmish Sayyid Ali Akbar nomlari zikr qilingan. Huddi shu nom Turkiston diyorida yashab o‘tgan, Ishtixonning so‘nggi qozisi Qozi Sayyid Bahodirxonning shajarasida ham qayd qilingan. Aynan shu holat bizni tadqiqot asnosida mulohazaga undadi.

“Tuhfatul ansob” kitobida, “Maqomoti Shohi Naqshband” kitobida va Pokistonning Lahor shahrida “Naqshbandiya ta’limoti” idorasi tomonidan chop etilgan “Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan” (Pokistonlik avliyo “Hazrati Eshon xonadoni shajarasi”) kitobida, shuningdek jamiyatimizga tadqiq etish uchun Pokistonning Islomobod shahridagi sayyidzodalar tomonidan taqdim etilgan nasabnoma shajarada, internet ensiklopediya veb saytlarining sahifalarida va boshqa manbalarda ham Xoja Bahouddin Naqshband nasablari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Yana bu zoti sharifning shajarasi haqida shuni aytishimiz joizki, bizning “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati mutaxassislari tomonidan tadqiq qilingan va tasdiqlangan, Ishtixonning so‘nggi qozisi Qozi Sayyid Bahodirxonning shajarasida, Hazrati Muhammad (s.a.v.)dan boshlanganda 17-ta ajdodlarning ismlari Hazrat Xoja Bahouddin Naqshbandning shajarasidagi 17-ta ajdodining ismlari bilan bir xil kelganligini, shuningdek shajaralarni tadqiq qilish natijasida ularning nasablari Imom Hasan Askariyning o‘g‘li Sayyid Ali Akbarga borib taqalishini aniqladik. Faqat Sayyid Ali Akbarning o‘g‘lini ismi Xoja Bahouddinning shajarasida Sayyid Mahmud deyilgan bo‘lsa, Qozi Sayyid Bahodirxonning shajarasida Sayyid Muhammad deb yozilgan. Ammo bu har xillikni darhol “xato” deb bo‘lmaydi, chunki bu ismlarni arab yozuvida bir-biriga o‘xshash yaqin yozilishini va bu ismlar ularning kunyasi bo‘lganligini ham hisobga olish kerak. Xoja Bahouddin Naqshbandning va Qozi Sayyid Bahodirxonning 17-chi ajdodining ismi Sayyid Qosim bo‘lgan. Qozi Sayyid Bahodirxonning shajarasida “Sayyid Qosimning ikki o‘g‘li bo‘lgan, ular Sayyid Zaynulobiddin va Sayyid Imomiddin” deb yozilgan. Bunda Xoja Bahouddin Naqshbandning shajarasi Sayyid Qosimning birinchi o‘g‘li – Sayyid Zaynulobiddinga borib taqaladi, Qozi Sayyid Bahodirxonning shajarasi esa Sayyid Qosimning ikkinchi o‘g‘li – Sayyid Imomiddinga borib taqaladi. Bu o‘xshashlikni bu ikki zotning quyidagi sxema-jadval ko‘rinishidagi shajaralarida ko‘rishimiz mumkin:

Hazrat Xoja Bahouddin Shohi Naqshbandning ota tomondan shajarasi:

  1. Hazrati Muhammad (s.a.v.)
  2. Bibi Fotima va Hazrati Ali (r.a.)
  3. Imom Husayn (r.a.)
  4. Imom Zaynulobidin (r.a.)
  5. Imom Muhammad Boqir (r.a.)
  6. Imom Ja’fari Sodiq (r.a.)
  7. Imom Muso Kozim (r.a.)
  8. Imom Ali Muso ar Rizo (r.a.)
  9. Imom Muhammad Taqiy (r.a.)
  10. Imom Ali Naqiy (r.a.)
  11. Imom Hasan Askariy (r.a.)
  12. Sayyid Ali Akbar
  13. Sayyid Mahmud
  14. Sayyid Taqiy So‘fi Muhammad Xilvatiy
  15. Sayyid Buloqiy
  16. Sayyid Sha’bon
  17. Sayyid Qosim
  18. Sayyid Zaynulobidin
  19. Sayyid Mir Abdulloh
  20. Sayyid Mir Burhoniddin
  21. Sayyid Jaloliddin Buxoriy
  22. Sayyid Muhammad Buxoriy
  23. Xoja Bahouddin Naqshband

Ishtixonning so‘nggi qozisi Qozi Sayyid Bahodirxonning ota tomondan shajarasi:

  1. Hazrati Muhammad (s.a.v.)
  2. Bibi Fotima va Hazrati Ali (r.a.)
  3. Imom Husayn (r.a.)
  4. Imom Zaynulobidin (r.a.)
  5. Imom Muhammad Boqir (r.a.)
  6. Imom Ja’fari Sodiq (r.a.)
  7. Imom Muso Kozim (r.a.)
  8. Imom Ali Muso ar Rizo (r.a.)
  9. Imom Muhammad Taqiy (r.a.)
  10. Imom Ali Naqiy (r.a.)
  11. Imom Hasan Askariy (r.a.)
  12. Sayyid Ali Akbar
  13. Sayyid Muhammad
  14. Sayyid Naqib Muhammad Xilvatiy
  15. Sayyid Ahmad Buloqiy
  16. Sayyid Muhammad Sha’bon
  17. Sayyid Qosim
  18. Sayyid Imomiddin
  19. Sayyid Burhoniddin Sulaymon al-Qodiriy
  20. Sayyid Amir Xasan
  21. Sayyid Solih Ato alayhirrahma
  22. Sayyid Amin Xo‘ja
  23. Sayyid Nasim Xo‘ja
  24. Sayyid Hakim Xo‘ja
  25. Sayyid Alouddin Xo‘ja
  26. Sayyid Ahmad Xo‘ja
  27. Sayyid Nosir Xo‘ja
  28. Sayyid Munavvar Xo‘ja
  29. Sayyid Najmiddin Xo‘ja
  30. Sayyid Qodirberdi Xo‘ja
  31. Sayyid Muhammad Amin Xo‘ja
  32. Sayyid Xo‘jajon Xo‘ja
  33. Sayyid Avliyoxon Xo‘ja
  34. Sayyid Abdulmannon Xo‘ja
  35. Sayyid Qaroxo‘ja
  36. Sayyid Ahmad Xo‘ja
  37. Sayyid Saidulloh Xo‘ja
  38. Sayyid Rahmatulloh Xo‘ja
  39. Sayyid Ibrohim Xo‘ja
  40. Qozi Sayyid Bahodirxon

Bundan Xoja Bahouddin Naqshband va Qozi Sayyid Bahodirxonlar Imom Hasan Askariyning o‘g‘li Sayyid Ali Akbarning avlodlari deb xulosaga kelish mumkin. Shu bilan birgalikda ular Sayyid Ali Akbarning beshinchi avlodi bo‘lmish Sayyid Qosimning farzandlari, aka-uka Sayyid Zaynulobiddin va Sayyid Imomiddinning avlodlari bo‘lib, bir-birlariga yaqin qon-qarindosh hisoblanadilar. Vallohu a’lam bis-savob!

Саййид Илҳомхон Баҳодиров

 “Туркистон Саййидлари ва Эшонлари”

 жамиятининг минтақавий вакили

Naqshbandiyya shajarasi izidan

shajara.info


Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi


Post navigation