BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM

 SILSILAI TARIQATI NAQSHIBANDIYYATIL AKBARIYYATIL OLIYYATI

Ko’rib turgan ushbu silsila (ijozatnoma) hozirda Turkiya Respublikasining Konya shahrida joylashgan, Mavlono Jaloliddin Rumiy Hazratlari ziyoratgohi majmuasida saqlanadi.

Ijozatnomaga “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyati vakillari o’zining Konyaga qilgan safari chog’ida duch kelib, shajaraga alohida e’tibor qaratishdi. Shu tariqa uning asl nusxasidan foydalangan holda shajarani tadqiq qilib, uni hozirgi o’zbek alifbosiga o’girdilar. Ijozatnoma qisqacha quyidagi ta’riflarga ega:

Konyadagi tasavvuf ahlining murshidlaridan bo’lmish Shayx Ahmad Ramziy Hazratlarining e’tirof qilishicha ijozatnomalar katta va kichik silsila deb tasnif qilinar ekan. Aynan ushbu shajara esa “Silsilai Tariqati Naqshibandiyyatil Akbariyyatil Oliyyati” deb nomlanishiga ko’ra, ya’ni “Oliy Naqshibandiyya Tariqatining Katta Silsilasi” degan sarlavha bilan boshlanadi. Ko’rinib turganidek, uni “Katta Silsila” deb atashimiz mumkin. Darhaqiqat “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyatida saqlanayotgan shajaralardan farqli bo’lgan bu ijozatnomani diqqat bilan o’qib ko’rilsa unda ko’pgina boshqa mashhur shaxslarni ham uchratish mumkin. Ular jumlasiga Imomi A’zam Numon bin Sobit, Imom Ismoil Buxoriy, Imom Tahoviy kabilar kiradi. Lekin Bahouddin Shohi Naqshibandiy Hazratlarigacha bo’lgan mashhur yetti pir esa, kichik silsiladagidek bir xil tarzda davom etgan.

Silsila 19 asr o’rtalariga oid bo’lib, u Mir Abdurrahim Al-Marg’inoniyning xalifalari Do’st Muhammadga berilgan bo’lib, muhrlanib tasdiqlangan. Ijozatnoma yakunida irshod haqida ta’limotlar berish bilan yakunlangan.

Shu o’rinda nazarimizda bir tarixiy mutanosiblikka duch kelgandek bo’lyapmiz. Ijozatnoma so’nggida Mir Abdurrahim Al-Marg’inoniy nomlari qayd etilgan. Aynan shu nomdagi shaxs uchun berilgan va hozirda asl nusxasi “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyatida saqlanayotgan boshqa bir silsila (ijozatnoma) mavjudligi Siz aziz o’quvchilarimizga ayon.

Uni saytimizda e’lon qilingan “Абдулқодир Жийлонийнинг Туркистондаги Авлодлари” nomli maqolamizda ko’rishingiz mumkin. http://www.shajara.info/165/

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ikki shajaradagi mutanosiblikni uch holatda ko’rishimiz mumkin; Avvalo, ikki shajaraning ham 19-asr o’rtalarida yozilgani. Ikkinchidan esa, ikki shajara ham Turkiston zaminiga mansub murshidga berilgani. Uchinchisi va eng muhimi, aynan bir xil ism ya’ni Abdurrahim Hazratlarining nomi qayd etilgani. Eng to’g’risini biluvchi Allohdir. Vallohu A’lam

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyati rahbari,

islomshunos, Sardorxon Jahongir

 

Shajaraning asl matnidan nusxa ko’chirilib,  jamiyatimiz tomonidan

hozirgi o’zbek alifbosiga o’girilgan holati.

Tarixiy Koniya shahridan xotiralar

shajara.info


Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi


Post navigation