Turkiston Sayyidlari va Eshonlari Jamiyatining maqsadi va faoliyati

1. Yurtdoshlarimizda saqlanayotgan qadimgi qo’lyozma, shajaralar, va hujjatlarni manba sifatida o’rganish va hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilish, aholiga shajaralarni tiklash va yangi shajaralarni tuzishda amaliy yordam berish.
2. Murojaatlardan kelib tushgan shajaralar va tarixiy manbalarni tekshirish, tahlil qilish va kompyuterda qayta terish.
3. Manbalardagi shaxslar hayoti haqida batafsil o’rganib chiqib, ma’lumot berish.
4. Manbalardagi muhrlar va abjad hisobidagi sanalarni o’rganib tadqiq qilish.
5. Ajdodlar shajarasini tadqiq qilish. Jumladan uning kimlarga borib taqalishini aniqlash, uning davomchilarini izlash, tahlil va tahrir ishlarini olib borish.
6. Qo’llarida shajarasi bo’lmagan shaxslarga taqdim qilgan hujjatlariga doir shajarani davom ettirishda ko’maklashish. Ularni shajarani davom ettirish sxemasi bilan tanishtirish.
7. Muayyan avlod vakillarining tarixda yoki bugun qilgan ishlarini risolada bayon qilish. Jumladan ota-bobolaridan qolgan yozma yodgorliklar, insho etilgan binolar, madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirgan ishlarini yoritsh.
8. Kerak bo’lganda yodgorliklar yoki binolarni ko’rib bayon qilish uchun bevosita ekspeditsiya uyushtirish.
9. Tarixiy va oilaviy fotosuratlardan foydalinib ularga izoh berish. Qadimgi suratlarni tiklash.
10. Mijozning istagiga qarab ekskluziv shajaralar tayyorlash (yog’och o’ymakorlik ishlari, zargarlik, noyob matolar va shunga o’xshash buyumlardan)
11. Mijoz buyurtmasiga ko’ra shajaralarni elektron tarzda tayyorlab berish.
12. Diyorimizda yashab o’tgan mashhur shaxslar shajarasini o’rganish va uni tatbiq qilish.
13. Mijozlarning tayyor manbalarini jamiyat tomonidan tasdiqlash va sertifikat berish.

Xizmatlarimiz

shajara.info


Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi


Post navigation