Xaraqoniy Xalqaro Sempozyumu xotiralari va taqdimotlar

Ma’lumki, o’tgan yili Turkiyaning Kars shahrida Abul Hasan al-Xaraqoniy Xalqaro sempozyumu bo’lib o’tgan edi. Sempozyumga dunyoning turli mamlakatlaridan jumladan, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Misr, Eron, Tunis, Ozarbayjion, Germaniya, Bolgariya, Iroq va Turkiya kabi ko’plab boshqa davlatlardan olimlar taklif qilingan bo’lib, ulardan Xaraqoniy mavzusida turli va mazmunli maruzalar tinglangan. Xalqaro sempozyum uch kun davom etgan bo’lib, unda 100 dan ortiq ma’ruzachi qatnashgan.

Ona yurtimiz O’zbekistondan esa, vakil sifatida “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati rahbari mazkur xalqaro anjumanga taklif qilingan bo’lib, sempozyumda nutq so’zladi. Maruza mavzusi Xaraqoniy va Ahmad Yassaviy orasidagi o’zaro bog’liqliklardan iborat edi. Maruza asnosida munozaraga bevosita aloqador bo’lgan shajaralar mavzusiga urg’u berildi. Shajarada nomlari qayd etilgan ulug’ siymolar bilan bir qatorda xususan, Xaraqoniy va Yassaviy nomlari alohida ta’kidlab o’tildi. Sempozyumda nomlari qayd etilgan zotlarning nomlari shajara aslidan birma-bir o’qib eshittirildi.

Anjuman nihoyasiga yetgandan bir qancha oy o’tib, ushbu sempozyumdagi ma’ruzalar va nutqlarga doir to’plam Kars shahri Kavkaz universiteti Ilohiyot (dinshunoslik) fakulteti tashabbusi bilan nashrga tayyorlandi. Ushbu to’plamni nashr etish va muharrirlik ishlari jamiyatimiz rahbari hamda mazkur universitet ilmiy xodimi tilshunos va islomshunos Sardorxon Jahongirov zimmasiga yuklatildi. Bir necha oylik say’ va harakatlardan so’ng “Anadoluda ikki ulug’ mutasavvif – Xaraqoniy va Mavlono” nomli kitobning nashr ishlari yakunlanib, Turkiyaning “Soncag” nomli nashriyot va matbaa uyida turk tilida bosmadan chiqdi. Kitobning so’ngida jamiyat rahbarining “Tasavvuf rivojida Xaraqoniyning Turkiston diyoriga qo’shgan hissalari va Yassaviylik yo’liga ta’siri” nomli mavzusida maqolasi  ham keltirilgan.

Shunngdek, risola so’nggida hozirda “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati xazinasida saqlanayotgan Qodiriylik va Naqshibandiylik uchun berilgan irshod shajarasining arabcha matni hamda turkcha tahlili muntazam yoritib berilgan.

Kitob hozirda keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilingan bo’lib, ko’pchilik o’quvchilar orasida qiziqishlarga sabab bo’lmoqda. Mazkur kitobning to’la qismi va maqola bo’limi bilan saytimizning ushbu sahifasidan yuklab olishingiz mumkin.

Sahifamizda jamiyat rahbarining ma’ruzasi, mavzuga aloqador fotolavhalar va faxriy yorliq namunalari bilan ham tanishishingiz mumkin. So’zimiz oxirida saytimiz tahririyati tez kunlarda Abul Hasan al-Xaraqoniy haqlarida batafsil ma’lumot berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganini aytib o’tmoqchimiz.

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati tahririyati

Turkiya-Kars

Kitobning muqova qismi

Sempozyum qatnshuvchilariga berilgan yorliq

Xaraqoniy ziyoratgohi oldida 

Xarqoniy hazratlarining maqbarasi. Turkiya-Kars

Maqolaning to’la qismi bilan quyidagi link orqali tanishing:

MAQOLA

Kitobni yuklab olish uchun:

Ikki ulug’ Mutasavvif

Sempozyum rasmiy web sayti uchun bog’laning:

http://www.harakanisempozyumu.com

Jamiyatimiz rahbarining chiqishi:

 

 

 

 

 

Xaraqoniy Xalqaro Sempozyumu xotiralari

shajara.info


Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi


Post navigation